“Inter” oʻz maydonida “Napoli” bilan durang oʻynadi
Kecha, 11-yanvar kuni Italiya A seriyasining 20-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda muxlislar markaziy oʻyinga guvoh boʻldi.
Unda ayni vaqtda turnir jadvalida 1-oʻrinni egallab turgan “Inter” klubi oʻz maydonida jadvalda 3-oʻrinda borayotgan “Napoli” klubini qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida gollarga Haqon Chalhanoʻgʻli va Federiko Dimarko mualliflik qildi. “Napoli”ning javob gollari esa Skot MakTominey hisobiga yozildi.
Ushbu natijadan soʻng, har ikki jamoa turnir jadvalida oʻzi egallab turgan oʻrnini saqlab qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring