Instagram faoliyatida uzilishlar kuzatildi
Illyustrativ foto
AQSHda Instagram ijtimoiy tarmogʻining faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda ommaviy internet-resurslardagi nosozliklarni kuzatib boruvchi Downdetector sayti xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, qisqa vaqt ichida Instagram ishidagi nosozliklar yuzasidan AQSHdagi 8 191 nafar foydalanuvchi shikoyat qoldirgan.
Downdetector maʼlumotlariga koʻra, foydalanuvchilar asosan veb-saytning ochilmasligi, mobil ilovadan foydalanishda qiyinchiliklar va akkauntga kirish (avtorizatsiya) vaqtida xatolar kuzatilayotganidan shikoyat qilgan.
Hozircha nosozlik sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha rasmiy izoh berilmagan. Mutaxassislar muammo texnik xarakterga ega boʻlishi mumkinligini istisno etmayapti.
Instagram — foto va videolarni ulashish imkonini beruvchi ommabop ijtimoiy tarmoq boʻlib, u orqali tasvir va videolarni olish, ularga filtrlar qoʻllash hamda boshqa platformalar orqali tarqatish mumkin. Ijtimoiy tarmoq Meta kompaniyasiga tegishli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring