“Inson” – insonga koʻmakchi
Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan aholi farovonligini taʼminlash, fuqarolarning hayotini yaxshilash va ularga koʻmak berish yoʻnalishlarida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ogʻir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashda kouching xizmatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududlarida “Inson” – insonga koʻmakchi” shiori ostida kouching tadbirlari oʻtkazib kelinayotgani ham eʼtiborga molik.
Navbatdagi shunday tadbir Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etildi. Dastlab Qoraqalpogʻistondagi “Inson” markazlari xodimlarining malakasini oshirish yuzasidan seminar-trening oʻtkazildi, soʻngra kouching tadbiri boʻlib oʻtdi.

— Tajribali mutaxassislar tomonidan sohada joriy etilgan xizmat turlari boʻyicha tushunchalar berildi, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi mudiri Ikrambek Ruzimbayev. — Kouching — bu shaxsning ichki salohiyatini yuzaga chiqarish, maqsadlarini aniqlash va unga yetish uchun harakat strategiyasini ishlab chiqishga yordam beruvchi zamonaviy uslubdir. Kouch (murabbiy) mijoz bilan yakka tartibda ishlab, uni tinglaydi, zarur savollar beradi va muammolarga yechim topishda koʻmaklashadi. Ayni paytda psixologik yordamga muhtoj aholi qatlami uchun bu xizmat juda samarali boʻlmoqda.
Ochiq muloqotda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida faoliyat olib boruvchi xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan masʼullarga yuzlandi va javob oldi.

Kouching tadbirlari doirasida bugungi kungacha respublikamiz boʻylab 40 dan ortiq hududda 10 000 nafardan ziyod fuqaro qamrab olingani ushbu tashabbusning samaradorligini yaqqol koʻrsatmoqda.
“Inson” – insonga koʻmakchi” shiori oddiy soʻz emas, unda chuqur maʼno va insonparvarlik gʻoyasi mujassam. Eʼtiborlisi, joylarda oʻtkazilayotgan tadbirlarda ijtimoiy koʻmakka muhtoj insonlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha “Inson” markazlari xodimlarining malakasi hamda sohadagi yangiliklardan xabardorligi oshirib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring