Inson huquqlari boʻyicha vakilning (ombudsman) 2023-yildagi faoliyati muhokama qilindi

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning ellik birinchi yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanishicha, Ombudsman 2023-yilda yangi konstitutsiyaviy qoidalar asosida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish, sohaga oid milliy qonunchilikni hamda milliy preventiv mexanizmni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda bir qator ishlarni amalga oshirgan.
Xususan, takroriy murojaatlarning oldini olish choralari koʻrilishi tufayli ijobiy natijalarga, jumladan, fuqarolarning Ombudsmanga qilgan murojaatlari asosida ularning manfaatlariga qariyb 2 mlrd soʻmlik mablagʻlarning undirilishiga erishilgan.
Muhokamalar jarayonida inson huquqlari va erkinliklari sohasida aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha taʼsir choralari koʻrilganligi, ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot ishlari soni oshganligi qayd etilib, ayniqsa OAV va Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan qiynoq holatlari bilan bogʻliq xabarlarning oʻrganilishi va ularga tezkor munosabat bildirilishi ijobiy baholandi.
Shu bilan birga, senatorlar tomonidan Ombudsman faoliyati yuzasidan ayrim takliflar bildirildi.
Xususan, Qonunda belgilangan taʼsir choralaridan yanada samarali foydalanish, murojaatlarni eng koʻp kelib tushgan hududlar kesimida oʻrganish, harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda yaratilgan shart-sharoitlarni va u yerda saqlanayotgan shaxslarning muammolarini oʻrganish maqsadida monitoring tashriflari samaradorligini oshirish, mintaqaviy vakillarning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring