Inoueda boshqa yoʻl yoʻq
Charm qoʻlqop ustamiz va uning jamoasi WBA rahbariyatidan ushbu vaznda mutlaq jahon chempioni Naoya Inouega qarshi jang berishlarini talab qilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz barcha kamarlar uchun jang oʻtkazishni istaymiz. WBA buning uchun oʻz tomonidan barcha zaruriy choralarni qoʻllashini soʻraymiz. Tushunamiz, tashkilot Inouening mashhurligidan kelib chiqib, uning kamarlarini olib qoʻygisi kelmayapti. Lekin istak sabab qoidalarga qarshi bormaslik kerak”, — dedi Murodjonning menejeri Vadim Kornilov BoxingScene nashriga bergan intervyusida.
WBA tashkiloti prezidenti Xilberto Mendosaning xabar berishicha, tashkilot Inoue 24-yanvar kuni avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi jangini oʻtkazib olganidan keyin majburiy ravishda Murodjon Ahmadaliyevdan chempionlik kamarlarini himoya qiladi.
“Inoue va uning jamoasida Gudmanga qarshi jangdan keyin yakuniy qaror qabul qilish uchun 10 kun muhlat boʻladi. Shu muddat ichida Naoyaning jamoasi Ahmadaliyevning jamoasi bilan oʻzaro jang boʻyicha kelishib olishlari lozim”, — dedi Mendosa.
Ahmadaliyevning huquqshunos-advokati Pet Inglish bokschimiz nomidan WBA tashklotiga maktub joʻnatdi.
“Bizga vaʼda berishgandi, lekin bu oʻz vaqtida bajarilmadi. Jang belgilash boʻyicha rezolyatsiya bor edi. Biz hurmat bilan, lekin qatʼi ravishda WBAʼdan imkon qadar tezroq Inouega qarshi jangni belgilashlarini talab qilamiz. Biz Naoyaning Gudmandan keyin yana bir ixtiyoriy himoya jangi oʻtkazishiga mutlaqo qarshimiz. Yaponiyalikning himoya jangi fursati allaqachon kelgan va u majburiyatlarni bajarishi shart”, — deyiladi Inglish yozgan maktubida.
Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev 14-dekabr kuni tunda Monte-Karloda tashkil etilgan prof boks oqshomida meksikalik Rikardo Espinozani 3-raunddayoq nokautga uchratib, vaqtinchalik WBA chempioniga aylangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring