Indoneziyadagi Levotobi vulqoni otildi
Indoneziyaning janubiy markaziy qismida joylashgan Levotobi vulqoni otilib, osmon uzra qalin kul bulutlarini hosil qildi. Hodisa ortidan rasmiylar xavf darajasini eng yuqori bosqichga chiqqanini qayd etib, xavfli hudud radiusini 8 kilometrgacha kengayganini eʼlon qildi.
Indoneziya Geologiya agentligi bayonotida aytilishicha, vulqon 10 ming metr balandlikka qalin kul va issiq gazlar bulutini paydo qilgan. Bu holat odatdagi kunlik 8–10 marotabalik vulqon faolligidan farqli ravishda, ikki soat ichida 50-marta portlash bilan kuzatildi. Issiq kul va tutun katta qoʻziqorin shaklidagi bulut hosil qilgan boʻlib, u 90 dan 150 kilometrgacha uzoqlikdagi shaharlar osmonida ham koʻringan.
Hozircha bu voqeada hech kim jabrlanmagani xabar qilindi. Biroq rasmiylar kuchli yogʻingarchilik holatida vulqon atrofidagi daryolarda lava aralash loy oqimlari – yaʼni lahar xavfi kuchayishini aytib, aholini ogohlantirishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, ushbu vulqon noyabr oyida ham otilib, 9 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan va yana oʻnlab kishilar jarohatlangan edi. Shuningdek, u joriy yil mart oyida ham faollik koʻrsatgan. Levotobi 1584 metr balandlikdagi togʻ boʻlib, Flores tumanida joylashgan.
Indoneziya 270 million aholiga ega orollar davlatidir. U “Olov halqasi” deb ataluvchi Tinch okeani boʻylab joylashgan seysmik faollik hududida joylashgani sababli, bu yerda tez-tez zilzila va vulqon otilishlari sodir boʻladi. Mamlakatda hozirda 120 ta faol vulqon mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring