Ilm-fan va tashabbuslar maskani

Guliston davlat universiteti oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridan faoliyat yuritgan Sirdaryo davlat pedagogika instituti zamirida tashkil topdi.
Ayni kunlarda bu OTMda 56 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda 18ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha bilim olish yoʻlga qoʻyilgan.
Universitetda yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash, yangi ilmiy kashfiyotlar yaratish borasida ham muayyan yutuqlar koʻzga tashlanadi. Tadqiqotchilar 31ta ixtisoslik boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Universitet tarkibida faoliyat yuritayotgan Filologiya, Axborot texnologiyalari, Tabiiy fanlar, Pedagogika, Jismoniy madaniyat, Sanʼatshunoslik kabi fakultetlarda hozirda besh yuzga yaqin professor-oʻqituvchilar 17 ming nafardan ortiq yoshlarga puxta bilim bermoqda.
Bu yerda yoshlarga sifatli taʼlim berish jarayonini mukammallashtirish, universitet ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish, pedagog xodimlarning ijtimoiy taʼminotini yaxshilash, xorijiy davlatlarda malaka oshirish, ilmiy tajribasini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan yangi-yangi loyihalar bilan tanisharkanmiz, ularni amaliyotga tatbiq etish borasidagi bir qator yutuqlar koʻzga tashlanadi. Shu bilan birgalikda universitetning moddiy-texnik bazasi yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Ilm-fan yangiliklari bilan boyitilgan yangi laboratoriyalar foydalanishga topshirilayotir. Bugungi kunda bu taʼlim dargohida multimedia vositalari bilan jihozlangan zamonaviy oʻquv auditoriyalari, sport zallari, 560 mingdan ortiq nomdagi kitoblarga ega boʻlgan ARM, 33 ta ilmiy laboratoriyalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Universitet olimlarining yetakchi xorijiy davlatlar bilan olib borayotgan ilmiy hamkorliklari ham yaxshi natijalar berayotir.
Guliston davlat universiteti bilan Italiyaning Lʼakuila universiteti, Germaniyaning Berlin texnik universiteti, Gyottingen universiteti, Shvetsiyaning Qirollik texnik universiteti, Bolgariyaning Kimyo texnologiyalari va metallurgiya universiteti hamda Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston kabi qoʻshni davlatlardagi OTMlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu hamkorliklarning amaliy natijasi sifatida hozirda universitetda bir qator xorijiy davlatlar fuqarolari ham tahsil olmoqda.
Oʻquv jarayonlarining zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish yutuqlari asosida tashkil etilgani, darslar xalqaro talablarga mos ravishda oʻtilayotgani tufayli xorijlik talabalar safi yil sayin kengaymoqda.
Universitetda tegishli mutaxassislarni tayyorlash jarayoni davlat va isteʼmolchilar buyurtmalariga tayangan holda yoʻlga qoʻyilgan. Talabalar yuqori darajadagi axborot va taʼlim texnologiyalari asosida puxta bilim olish bilan birgalikda, qulay ijtimoiy paketlardan ham samarali foydalanishmoqda.
Shodiyor MUTAHAROV,
(Xalq so‘zi)
Tasvirchi
Akmal MUHAMMADOV,
Montaj ustasi
Abdumutallib TOYIROV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring