Ikkita tumanni oʻzaro bogʻlab turuvchi koʻprik qayta qurilmoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Jalaquduq tumanidan oʻtuvchi “Oqboʻyrasoy” kanali ustiga qurilgan koʻprik davlat ahamiyatiga molik boʻlib, Jalaquduq, Xoʻjaobod tumanlarini oʻzaro bogʻlab turadi. Har ikkala tumanda harakatlanuvchi avtomobillarning uzogʻini yaqin qiluvchi koʻprik, afsuski, bundan bir necha oy avval tabiiy ofat tufayli qulab tushdi.
— Uzunligi 54 metrni, qatnov qismi 11 metrni tashkil etuvchi ushbu koʻprik “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasteri Andijon filiali tomonidan barpo etilmoqda, — deydi Andijon viloyati avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi masʼul xodimi Yulduzxon Mallaboyeva. — U zamon talablariga toʻla mos keladigan loyiha asosida qurilmoqda. Ikki chetida piyodalar uchun alohida yoʻlaklar ham boʻladi.

Ushbu obyekt joriy yilning 1-choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirgan. U ishga tushirilgach, bir kunda yuzlab avtomobillar va piyodalar harakatlari yengillashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring