Ikki hududda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Toshkent va Jizzax viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.
Inspeksiyaning Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Parkent tumanida joylashgan “S. S. B.” MCHJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 999,2 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Boshqa bir holatda esa, inspeksiyaning Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida “G. S.” MCHJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi maʼlum boʻlgan.
Buning natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 1 milliard 245 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda ikkala vaziyat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring