Ikki hududda gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlarga chora koʻrildi

Toshkent va Xorazm viloyatlarida gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar jarimaga tortildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Inspeksiyaning Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan nazorat tadbirida “B. B. A.” OKga qarashli omixta yem ishlab chiqarish korxonasida hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard 894 million soʻmni tashkil etgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Boshqa bir vaziyatda esa inspeksiya Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida joylashgan “Urganch parranda invest” xususiy korxonasi tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi maʼlum boʻlgan.
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik – asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof boʻlgan elektr energiyasi miqdori qiymatining 50 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi boʻyicha hisob-kitob qilinib, 41,7 million soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring