Ikki hududda 830 million soʻmlik “svet” oʻgʻirlagan tadbirkorlar fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Samarqand shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “S.” MCHJ rahbari Sh.A. “M.Baraka” koʻchasidagi avtoturargohda elektromobillarni quvvatlash qurilmasini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 423,3 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Urgut tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, tumandagi “N.T.”, “GS.” va “M.M.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga elektr hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 407,5 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring