III Toshkent Xalqaro marafoni yakunlandi, marafonchilarimizda bitta oltin va ikkita bronza

15:25 28 Mart 2021 Sport
2500 0

Bugun poytaxtimizda anʼanaviy III Toshkent Xalqaro marafoni oʻtkazildi. Butun dunyoda COVID-19 virusining keng tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan pandemik sharoitni inobatga olib, Xalqaro marafon karantin qoidalariga rioya qilingan holda tashkil etildi.

Bugungi musobaqada ishtirokchilar marafon (42,195 km), yarim marafon (21,0975 km), ekiden (5 km+10 km+5 km+10 km+5 km+7,195 km) hamda 3 km masofaga oʻtkazilgan poygalarda oʻz omadlarini sinab koʻrishdi, deb xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalar bilan bir qatorda qimmatli reyting ochkolari taqdim etadigan marafon musobaqasida yon qoʻshnilarimiz Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, shuningdek Rossiya Federatsiyasi hamda mamlakatimizdan jami 76 nafar professional sportchi oʻz omadini sinab koʻrgan boʻlsa, yarim marafon bahslarida ishtirokchilar soni 529 nafarni tashkil qildi. 3 km masofaga oʻtkazilgan yugurish va yurish musobaqasida esa 779 nafar ishtirokchi startga chiqdi. Bundan tashqari, ekiden marafon bahslarida turli vazirlik, idora, korxona-tashkilotlar hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpuslardan jami 64ta jamoa (har bir jamoa tarkibi 6 nafar ishtirokchidan iborat) qatnashdi. Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham ushbu yoʻnalishda oʻz jamoasi bilan ishtirok etdi.

Marafonning umumiy ishtirokchilar soni qariyb 1 800 nafarga yetdi. Ayniqsa, 3 km masofaga oʻtkazilgan poygalarda oilaviy qatnashganlar ham koʻpchilikni tashkil qildi. Bu esa mamlakatimizda yugurishga boʻlgan qiziqish tobora ortib borayotganidan darak beradi.

Ertalabdan poytaxtda ob-havoning avzoyi buzilib turgan boʻlsada, bu musobaqa yuqori surʼatda tashkil etilishi hamda oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilolmadi. III Toshkent Xalqaro marafonining ochilish marosimida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi V.Mahmudov hamda Bosh vazir oʻrinbosari A.Abduxakimov barcha ishtirokchilarga omad tilashdi. Shundan soʻng musobaqalar boshlandi.

Shuni taʼkidlash kerak, bugun Toshkentda haqiqiy yuguradigan ob-havo hukm surdi. Bu esa musobaqaning qiziqardi va murosasiz kechishini taʼminladi.

III Toshkent Xalqaro marafonida barcha yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:

3 km masofada

2004-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar

1. Diyorbek Ahmedov (2004-yil, Samarqand) – 9:33 daqiqa

1976-2003-yillarda tugʻilgan yoshlar

1. Hasan Mirsoatov (1999-yil, Toshkent vil.) – 9:07 daqiqa

1975-yil va undan katta yoshlilar

1. Kamol Toshpoʻlatov (Oʻzbekiston) – 11:29

2004-2008-yillarda tugʻilgan qizlar

1. Oyzira Joʻraqulova (2005-yil, Surxondaryo) – 10:49 daqiqa

1976-2003-yillarda tugʻilgan qizlar

1. Shohsanam Xurramova (2003-yil, Surxondaryo) – 10:18 daqiqa

1975-yil va undan katta yoshli ayollar

1. Anna Gladыsheva (Oʻzbekiston) – 18:03

Yarim marafon

Erkaklar

1. Shoxrux Davlatov (Surxondaryo) – 1:06.05

2. Yevgeniy Fadeyev (Surxondaryo) – 1:07.14

3. Otabek Toshquvvatov (Samarqand) – 1:07.19

Ayollar

1. Darya Maslova (Qirgʻiziston) – 1:13.19

2. Aziza Mirzaakbarova (Andijon) – 1:16.14

3. Gulshanoy Sattarova (Qirgʻiziston) – 1:16.44

Marafon

Erkaklar

1. Vladislav Mamedov (Oʻzbekiston)

2. Ilya Tyapkin (Qirgʻiziston)

3. Zikrilla Mamatqulov (Oʻzbekiston)

Ayollar

1. Mariya Karabeskaya (Qirgʻiziston)

2. Janna Mamajonova (Qozogʻiston)

3. Yekaterina Tunguskova (Oʻzbekiston)

Ekiden

Erkaklar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

2. Surxondaryo viloyati terma jamoasi

3. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Ayollar

1. Fargʻona viloyati terma jamoasi

2. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi

3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Hasan PAYDOYEV va Alixon O'TARBEKOV (“Xalq soʻzi”) olgan suratlar

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?