ID-karta olish uchun davlat boji qancha?

17:28 09 Mart 2020 Jamiyat
99864 0

“Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (129-son, 06.03.2020-y.). Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab yangi tugʻilgan bolaga, Oʻzbekiston fuqarosiga, Oʻzbekiston hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxsga va xorijiy fuqaroga belgilangan namunadagi identifikatsiya ID-kartasi beriladi.

ID-karta shaxsni, fuqarolikni tasdiqlaydigan hujjat hisoblanib, Oʻzbekiston hududida foydalaniladi. ID-karta 10 yil muddatga beriladi.

ID-karta rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizini tashkil etadi (198 ming 470 soʻm).

Oʻzbekiston fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti, fuqaroligi boʻlmagan shaxs va xorijiy fuqaroning yashash guvohnomasi ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar haqiqiydir. Ushbu hujjatlarning egalari ularni belgilangan tartibda ID-kartaga almashtirish huquqiga ega.

Biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish:

- 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida;
- 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston fuqarosining 2011-yilgi namunadagi biometrik pasporti 2030-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

«Iyun 2025»
DuSeChoPaJuShaYa
2627282930311
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30123456

Кластер

hidden