Ichki yoʻllar ravon boʻlmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Ochigʻini aytish kerak, uzoq yillar davomida yurtimizning ayrim chekka tumanlaridagi mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan ichki yoʻllarning “yuzi asfalt koʻrmadi”. Bir paytlar asfalt qilinganlari ham allaqachon muddatini oʻtab boʻlib, abgor ahvolga kelib qolgan edi.
Soʻnggi yillarda xalqimizning turmush sharoitini yaxshilash, qishloq joylarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida hayotga izchil tatbiq etilayotgan islohotlar bu boradagi muammolarga ham barham bermoqda.

Kuni kecha Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi 4K-546 «Nurbuloq-Boshquduq-Ulus» mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻlining 12-22 kilometr qismlarida asfalt yotqizish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, faollar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mazkur avtomobil yoʻlining qolgan 12 kilometr qismini ham 2023-yilda asfalt qilish rejalashtirilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring