Huquqiy eksperimentni tashkil etish tartibga solindi

18:04 28 Mart 2026 Hujjatlar
512 0

“Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–1127-son, 27.03.2026-y.) qabul qilindi.

Qonunga koʻra, normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ yoki mansabdor shaxs vakolatli organ hisoblanadi.

Huquqiy eksperiment muddati 6 oydan 3-yilgacha muddatga belgilanadi.

Huquqiy eksperimentning yagona reyestri huquqiy eksperimentni tashkil etish, oʻtkazish va uning yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

Huquqiy eksperiment muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi boʻyicha cheklangan holda, belgilangan vaqt oraligʻida oʻtkaziladi.

Huquqiy eksperiment natijasi yuzasidan vakolatli organ huquqiy eksperiment yakunlari boʻyicha hisobot asosida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

— huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni yoki eksperimental-huquqiy normalarni ularning amal qilishini vaqt boʻyicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi boʻyicha cheklanmagan holda qabul qilish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida;

— huquqiy eksperiment tartibida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni yoki eksperimental-huquqiy normalarni ularning amal qilishini vaqt boʻyicha, muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi boʻyicha cheklanmagan holda qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida;

— huquqiy eksperimentni oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?