Huquqiy eksperiment oʻtkazish tartibi belgilanmoqda
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda yangi tartib-taomillarni hayotga joriy etishdan oldin ularni cheklangan holda (muayyan hududda yoki shaxslar, tashkilotlar doirasida) huquqiy eksperiment (tajriba-sinov) tarzida qoʻllash amaliyoti kengayib bormoqda.
Huquqiy eksperiment tushunchasi, uni oʻtkazish va natijalarini rasmiylashtirish masalalari “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan, lekin uni oʻtkazish bilan bogʻliq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar kompleks tartibga solinmagan.
Ushbu Qonun qator huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, unda huquqiy eksperimentning maqsadi, asosiy tushunchalar, prinsiplar, vakolatli organlar, huquqiy eksperimentni oʻtkazish shartlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy eksperimentda ishtirok etishi va boshqa masalalar nazarda tutilmoqda.
Huquqiy eksperiment faqatgina Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan oʻtkazilishi aniq belgilanmoqda.
Senatorlar ushbu Qonunning hayotga tatbiq etilishi huquqiy eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish, eksperimental huquqiy normalarni joriy etish boʻyicha yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash hamda jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda fuqarolarning hayoti va farovonligini yaxshilashga xizmat qilishini taʼkidladilar.
Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring