Hududlarda oʻzlarini “pojarniy” xodimi” sifatida tanishtirib yurgan maxsus kiyim-boshdagi shaxslar aslida kim? — Rasmiy maʼlumot berildi

Soʻnggi yillarda, asosan kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan mamlakatimiz aholisi boʻylab, ayniqsa, hududlarda maxsus kiyim-boshdagi shaxslar oʻzlarini “davlat yongʻin nazorati organi ("pojarniy“) xodimi” sifatida tanishtirib, fuqarolardan ”yillik toʻlov" qabilida turli miqdordagi pul mablagʻlarini majburiy tarzda noqonuniy yigʻish holatlari kuzatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuqorida aytib oʻtilgan shaxslarning FVV faoliyatiga hech qanday aloqasi yoʻqligini, shu bilan birga, yongʻin va uning oldini olish bilan bogʻliq tadbirlar uchun vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday pul yigʻimlari, boshqa turdagi toʻlovlar undirilmasligini maʼlum qildi.
"Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, hozirda yurtimizning turli hududlarida favqulodda vaziyatlar, yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Ularning nizomlarida ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan aholiga xizmat koʻrsatish vazifalari belgilangan.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sizlardan bu borada quyidagilarga eʼtibor qaratishingizni soʻraydi:
xonadoningizga kelib, oʻzini FVVning quyi tizimlariga oʻxshash tashkilotlar nomlari bilan tanishtirgan shaxslardan, birinchi navbatda, oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishini soʻrang;
ularning faoliyat turi hamda qanday xizmatlar koʻrsatishi va ishlarni bajarishlariga aniqlik kiriting;
shuningdek, ular tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarni bajarish faqat Sizning roziligingiz asosida amalga oshirilishi mumkinligini unutmang!
Agar, xizmat koʻrsatmasdan va siz yoki oila aʼzolaringizni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan biror ishlarni bajarmasdan, Sizdan majburiy tartibda toʻlov talab qilinsa, oʻz huquqlaringizni himoya qilish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishingiz mumkin" deyiladi FVV rasmiy maʼlumotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring