“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatidan tabiiy gaz oluvchi 1 ming 179 ta metan zapravkaning 547 tasi belgilangan grafik asosida ishlamoqda
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev maʼlum qildi:
Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan taʼminlash hamda quvurlardagi bosimni rostlash maqsadida Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi metan zapravkalar faoliyatiga qoʻshimcha cheklovlar kiritildi.
Yuzaga kelgan ortiqcha talabni qoplash maqsadida yuqorida aytib oʻtilgan hududlarda avtobenzin va dizel yonilgʻisi miqdori oshirildi. Buning uchun Buxoro va Fargʻona neftni qayta ishlash zavodlarining avtobenzin ishlab chiqarish quvvatlari 3,3 ming tonnadan 4 ming tonnaga yetkazildi yoki oʻrtacha kunlik 700 tonna qoʻshimcha avtobenzin ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidan import asosida olib kelinayotgan AI-92 K5 rusumidagi avtobenzin hajmi oshirildi.
Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (metan zapravkalar) 4,9 mln kubometr tabiiy gaz hamda 700 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida sotish uchun birja savdolariga 3 ming 210 tonna avtobenzin, 20 ming 496 tonna dizel yonilgʻisi qoʻyilgan boʻlib, undan 3 ming 210 tonna avtobenzin hamda 18 ming 738 tonna dizel yonilgʻisi sotilgan.
13-dekabr kuni elektr stansiyalar orqali 258,6 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va isteʼmolchilarga 252,6 mln kVt soat elektr energiyasi yetkazib berildi.
Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarda 45,6 mln kubometr tabiiy gaz, 19,6 ming tonna koʻmir, 10,3 ming tonna mazut yoqilgan.
Respublika tabiiy gaz isteʼmoli 164,1 mln kubometrni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring