Hozirda respublikada 2131 ta masjid va 197 ta noislomiy tashkilot faoliyat yuritmoqda — Din ishlari boʻyicha qoʻmita

17:42 10 Yanvar 2024 Jamiyat
417 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati rahbari Ilhom Maʼrupov maʼlum qildi.

2023-yilda 13 ta yangi masjid davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, 82 ta masjidda tubdan qayta qurish hamda 43 ta masjidda taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Oʻtgan yilgi Haj mavsumi va Umra ziyorati yuqori saviyada tashkil etildi. Xususan, 15 150 nafar ziyoratchi Haj amalini, 43 mingdan ortiq ziyoratchi Umra amalini ado etdi.

Shuningdek, 2023-yilda Qoʻmitaga kelib tushgan 1 716 ta murojaatdan 1 135 tasiga huquqiy maʼlumot berildi, 396 tasi ijobiy hal qilindi, 132 tasi (diniy tashkilotni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarda koʻrsatilgan kamchiliklar sabab) rad etildi, 53 ta murojaat tegishliligi boʻyicha vakolatli davlat organlariga yoʻnaltirildi, 18 tasi boʻyicha oʻrganish jarayoni davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?