“Hollywood” olov ichida qoldi
Los-Anjelesdagi yongʻin tepalikdagi mashhur “Hollywood” yozuvigacha yetib keldi. Roʻy bergan yongʻinda kamida besh kishi halok boʻlgan. Bu haqda okrug sherifi Robert Luna “ABC” telekompaniyasiga maʼlum qildi.
Kaliforniya oʻt oʻchirish xizmati maʼlumotlariga koʻra, Los-Anjelesdagi yongʻinlar umumiy maydoni 10 ming gektardan oshgan va tinmay oʻsib boryapti. Mingdan ziyod bino-inshoot olovda kul boʻlgan. Hududdagi 930 mingdan ziyod isteʼmolchi elektrsiz qolgan.
Taniqli shaxslar, xususan, AQSH prezidentligi uchun kurashgan Kamala Harrisning qarorgohi, aktyorlar Ben Afflek, Tom Henks, qoʻshiqchi Riannaning uylari oʻt ichida qoldi.
AQSH parvozlarni boshqarish federal agentligi yongʻin zonalari ustidan uchishni taqiqladi. Gollivud tepaliklari, Paliseyd boy-badavlatlar tumani va Malibu plyaji shular jumlasiga kiradi.
“AccuWeather” konsultatsiya kompaniyasiga koʻra, Los-Anjelesdagi yongʻinlardan koʻrilgan zarar 52-57 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring