Dehqonobod tumani hokimi oyligini bir qismini xayriyaga yoʻnaltirdi

14:20 28 Aprel 2020 Jamiyat
2134 0

Dehqonobod tumani hokimi Zoir Aliqulov har oylik maoshining bir million soʻmini “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini qoʻllab-quvvatlashga oʻtkazadigan boʻldi.

Prezidentimiz tashabbusidan ilhomlangan tuman rahbari koʻpchilik uchun shaxsiy namuna koʻrsatib, dastlab bir haftalik maoshini “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga oʻtkazib berdi.

“5 yoki 10 ta oilani qaramogʻimga olsam, jamoatchilik qaysidir tadbirkorning zimmasiga yuklaydi-da degan fikrda boʻlmasin deb, oylik maoshimdan xayriya qilishni lozim topdim, -degan, Z. Aliqulov 27-aprel kuni boʻlib oʻtgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida. Bu bilan muhtaram Prezidentimiz boshlab bergan xayrli ishga oʻz hissamni qoʻshsam deya niyat qildim. Xalqimiz, tumandoshlarimizga nafim tegsa bundan xursandman”.

A. Muhammadiyev,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?