Hokimlar bir narsani tushunib olsin – Prezident
Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan boʻshatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan toʻldirilishi qayd etildi.
Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining oʻzi rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishini shu yerda aholi dardi va tashvishini eshitishdan boshlaydi.
“Hokimlar bir narsani tushunib olsin, bugun tugʻilgan muammoni keyingi kunga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi. Murojaatni boshqa idoraga yubormasdan shu yerning oʻzida hal qiladi”, - dedi Prezident.
Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Masalalarni hal qilish uchun qoʻshimcha resurs ham beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring