Hisob palatasining bir qator qoʻshimcha funksiyalari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyati takomillashtirilayotganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan Byudjet kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda Hisob palatasi byudjet tizimi byudjetlarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllamasdan ham aniqlash va safarbar qilishni amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra, Hisob palatasi:
● yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishini oʻrganadi hamda nazorat qiladi;
● davlat boshqaruv organlarida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy qilish, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.
Qonun bilan Hisob palatasining bir qator koʻshimcha funksiyalari, jumladan, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring