Hazorada suv oʻttiz foizgacha tejaladi
Karmana tumanining Hazora hududida ekin suvi uzoq yillik muammo boʻlib, asosan Zarafshon daryosidan koʻtarma nasoslar orqali taʼminlanadi. Malikchoʻl emasmi, qumloq tuproqda kanal va ariqlarning betonlashtirilmaganligi koʻp suv yoʻqotishlarga olib keladi. Bu esa oʻz-oʻzidan dehqonchilikni vegetatsiya davrida suv taqchilligini yuzaga keltirib, tabiiyki, hosildorlikka ham oʻz taʼsirini koʻrsatardi.

- Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida hududda umumiy uzunligi 11,2 kilometrni tashkil etuvchi kanalni betonlashtirish hamda uning suv oʻtkazuvchanligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda, — deydi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sherzod Zayniyev. — Loyihaning umumiy qiymati 10 milliard soʻmni tashkil etib, rekonstruksiya ishlari yakunlangach, suv yoʻqotishlari oʻttiz foizgacha kamayishi hamda sugʻorish tizimi samaradorligining oshishi kutilmoqda.
Mazkur loyiha Hazora hududidagi dehqonchilik faoliyatini rivojlantirish, xususan qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish aholi tomorqalarini barqaror suv bilan taʼminlash imkoniyatini ham taqdim etadi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring