Hasanboy Doʻsmatovdan Bahodir Jalolovgacha: Olimpiadaga boradigan bokschilarimiz nomlari aniq boʻldi
XXXIII Olimpiada oʻyinlarida boks sport turi boʻyicha Oʻzbekiston sharafini himoya qiluvchi bokschilar nomlari maʼlum boʻldi.
Qayd etilishicha, erkaklar oʻrtasidagi 7 nafar, ayollar oʻrtasida esa 4 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Erkaklar sportchilardan Hasanboy Doʻsmatov (51 kg), Abdumalik Xalokov (57 kg), Ruslan Abdullayev (63,5 kg), Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (71 kg), Toʻrabek Xabibullayev (80 kg), Lazizbek Mullojonov (92 kg) va Bahodir Jalolov (92 kgdan ogʻir) Parij Olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ayol sportchilar ham tarixiy natijalardan birini qayd etib, 4 nafar, Sabina Boboqulova (50 kg), Nigina Oʻktamova (54 kg), Sitora Turdibekova (57 kg), Navbahor Hamidova (66 kg) kabi sportchilarimiz Fransiyadagi nufuzli musobaqada Oʻzbekiston sharafini himoya qilish uchun ringga koʻtarilishi aniq boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring