Hasanboy Doʻsmatov ringga qaytmoqda
Joriy yilning 25-26-oktyabr kunlari Qirgʻiziston poytaxtidagi “Bishkek” sport arenasida prof boks oqshomi oʻtkaziladi. Ushbu musobaqada oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi Hasanboy Doʻsmatov ham ishtirok etadi.
Mazkur toʻqnashuvda hamyurtimiz meksikalik Rene Kalistoga qarshi bahs olib boradi. Jang oʻta yengil vazn — 50,8 kg toifasida tashkil etiladi. Maʼlumot uchun, bu Hasanboy uchun mazkur diviziondagi ilk jang hisoblanadi.

Eʼtiborlisi, ushbu jang Doʻsmatov uchun IBF reytingida 2-oʻringa koʻtarilib olish imkonini beradi. Hasanboy ayni damda oʻta yengil vaznda IBF reytingida 8-, Kalisto esa 7-oʻrinni band etib turibdi.
32 yoshli Hasanboy professional faoliyati davomida 7 ta jang oʻtkazgan boʻlib, ularning barchasida gʻolib chiqqan. U 5 ta jangida raqiblarini nokautga uchratishga muvofFaq boʻlgan. Rene Kalisto esa jami 25 ta jangda ringga koʻtarilib, 23 ta gʻalaba, 1 ta magʻlubiyat va 1 ta durang natija qayd etgan. Meksikalik bokschi 9 ta jangida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring