Harorat pasayishi sababli yana metan “zapravka”larga cheklov joriy etiladi
Illyustrativ foto
Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Bildirilishicha, respublika hududlariga sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi natijasida tabiiy gazga boʻlgan talab ortgan. Shu sababli magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda, eng avvalo, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
“Mazkur chora-tadbirlar, avvalo, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz taʼminoti bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz taʼminoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda davom ettiriladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring