Hamon yodimdasiz
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat boʻlimi tomonidan ustoz ijodkorlarga hurmat ehtirom koʻrsatish, marhum qalamkashlar xotirasini yod etishga qaratilgan uchrashuv, muloqot va marosimlar oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylanib ulgurdi. Yaqinda boʻlim Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot – kutubxona markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda shoir, jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Gʻulom Shomurod xotirasiga bagʻishlab, “Hamon qalbimizdasiz” deb nomlangan kecha tashkil etdi.
— Gʻulom aka umrining qirq yildan ortigʻini jurnalistika rivojiga bagʻishlagan, — deydi uyushma viloyat boʻlimi rahbari vazifasini bajaruvchi Sh.Ochilov. — Respublika radiosining viloyatdagi muxbiri sifati vohamizda yuz berayotgan oʻzgarishlar, yangiliklarni bamisoli tandirdan uzilgan nondek tinglovchilarga yetkazgan. Uni isteʼdodli shoir sifatida ham yaxshi bilamiz. Ijodkorning “Navolarim”, “Vatan vasfi”, “Sogʻinch sohili”, ”Hurlik qasidasi” singari qator kitoblari dunyo yuzini koʻrgan. Sheʼr va gʻazallari taniqli sanʼatkorlar tomonidan qoʻshiq qilib ijro etilgan.
Talaba – yoshlar, ijodkorlar, shoirning yaqinlari ishtirok etgan kechada soʻz olganlar Gʻulom Shomurodning publitsistik maqolalari, sheʼrlari xususida toʻxtaldi.Uning insoniy fazilatlariga alohida toʻxtaldi.
Tadbir soʻnggida talabalarga shoirning kitoblari ulashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring