Hamkasblarimiz gʻoliblar safida
Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan 2013-yildan beri Ozarbayjonning umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 90-yillik yubileyi munosabati bilan tanlov oʻtkazib kelinadi. Unda eʼlon qilingan mavzular boʻyicha maqolalar, televideniye koʻrsatuvlari, hujjatli filmlar, tarjima asarlar, shuningdek, “Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstlikka oid eng koʻp materiallar chop etgan matbuotlar”, davlat va jamoatchilik vakillari Ozarbayjon Madaniyat markazining faxriy diplomi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu yilgi tadbir Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligiga bagʻishlab tashkil etildi. 2023-yilgi tanlov gʻoliblari orasida “Xalq soʻzi” gazetasining ikki nafar xodimi ham bor. Shoir va tarjimon Rahmatjon Bobojonov “Yilning eng yaxshi tarjima nashri loyihasi” boʻyicha, sharhlovchi Abduvali Soyibnazarov “Ozarbayjon haqidagi eng yaxshi tahliliy maqola” nominatsiyasi boʻyicha tanlov gʻolibi boʻlishdi. Biz hamkasblarimizni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz.
“Xalq soʻzi” gazetasi jamoasi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring