Ham yashillik, ham xush ifor
Foto: Xalq so‘zi
Kelasi bahordan Sirdaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchalar cheti, idora-tashkilotlar yon-atrofi va hiyobonlarga manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari bilan bir qatorda rayhon va yalpiz ham ekiladi. Ayni chogʻda ushbu xushboʻy oʻsimliklar koʻchatlarini tayyorlashga hozirlik ishlari boshlab yuborildi.
Xususan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tavsiyalari asosida Sirdaryo viloyati ekologiya boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan aholi tomorqalaridagi issiqxonalarda 3 million dona rayhon va yalpiz koʻchati oʻstiriladigan boʻldi.
Maʼlumot uchun aytish lozimki, joylarda “Yashil makon” loyihasi boʻyicha ekilayotgan dov-daraxt turlarini tanlashda ularning xilma-xilligi, oʻtqazilayotgan hududning tuproq sharoitiga mosligi va har jihatdan foydaliligi alohida eʼtiborga olinayotir. Manzarali daraxtlar bilan birga yuz minglab mevali daraxt koʻchatlari ekilayotgani esa dasturxonimiz meva-chevaga yanada serob boʻlishini taʼminlaydi, albatta.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring