Ham rasman ishlab, ham oʻquvchi talabalar statistikasi eʼlon qilindi
“Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 115 601 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Bugungi kunda ishlaydigan talabalarning katta qismi, yaʼni, 62 125 nafari davlat tashkilotlarida faoliyat yuritib kelishmoqda. Xususiy subyektlarda esa 49 351 ta talaba ish faoliyatini olib boradi. Ikkala sektorda ishlovchilar ham yoʻq emas, ularning soni 4 125 nafarni tashkil etgan.
Ham oʻqib, ham ishlovchi talabalar ichida erkaklar soni koʻproq, 67 828 nafar. Ayollar esa 47 773, boshqacha aytganda, 41,3% qismni tashkil etadi.
Hududlar bu turdagi kesimida eng koʻp faoliyat:
Toshkent shahri — 36 729 nafar (31,8%);
Samarqand viloyati — 9 961 nafar (8,6%);
Fargʻona viloyati — 9 770 nafar (8,4%);
Toshkent viloyati — 8 943 nafar (7,7%);
Qashqadaryo viloyati — 8 310 nafar (7,2%) qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring