Ham xizmat koʻrsatildi, ham sovgʻa berildi

12:11 06 Mart 2020 Jamiyat
1012 0

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bugun ertalabdan davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan ayollarga bayram sovgʻalari ulashildi deb xabar berdi DXA Sirdaryo viloyati boshqarmasining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar shoʻbasi.

-Davlat xizmatlari markazi jamoasining bunday katta eʼtiboridan juda xursand boʻldim, hatto koʻzlarimga yosh keldi, — deydi Sirdaryo tumani davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan Bibisora Joʻrayeva. – Bayram arafasida bu yerga kelganimdan xursandman. Ham ishim bitdi, ham bayram bilan tabriklab, sovgʻa berishganiga kayfiyatim koʻtarildi.

Turli murojaatlar bilan Sardoba, Guliston, Sayxunobod tumanlari davlat xizmatlari markazlariga kelgan ayollarga ham xuddi shunday kutilmagan ehtirom koʻrsatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?