Hayvonlarni identifikatsiya qilish boʻyicha qonun qabul qilindi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Bugun, 6-avgust kuni “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonunga koʻra, Oʻzbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) koʻpaytiriladigan hayvonlar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinishi hamda roʻyxatga olinishi kerak.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi mazkur sohada vakolatli davlat organidir.
Qonunda hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olishning quyidagi muddatlari belgilangan:
- qoramol, koʻy, echki va tuyalar – tugʻilganidan 14 kundan keyin;
- otlar – tugʻilganidan 4 oydan keyin;
- choʻchqalar tugʻilganidan – 1 oydan keyin;
- itlar va mushuklar – tugʻilganidan 3 oydan keyin.
Bunda hayvonlar koʻrsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va roʻyxatga olinishi kerak.
Saqlash va (yoki) koʻpaytirish maqsadida Oʻzbekistonga olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan eʼtiboran 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring