Gulistonda bemorlar davolanayotgan majmuada kislorod balloni yorilib ketdi. Jarohatlanganlar bor

09:25 07 Oktyabr 2020 Jamiyat
2403 0

Bugun 7-oktyabr kuni soat 08:13 da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir boʻldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Hosil boʻlgan kinetik zarba toʻlqinidan bino oynalari parchalanib, fuqarolarga tan jarohati yetgan. Taʼkidlash joizki, zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga koʻchirdilar. Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar aniqlanmagan. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер