Gulchilar mahallasi
Foto: Xalq so'zi
Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Botirobod mahallasini “Gulchilar mahallasi” deb atashadi. Bu bejiz emas. Sababi, mahalladagi 640 ta xonadonning 112 tasi gulchilik bilan shugʻullanadi. Shulardan biri Sharifjon Ahmedov dastlab yashab turgan hovlisidagi tomorqasidan unumli foydalangan. 2018-yili yosh tadbirkor sifatida unga 30 sotix yer maydoni ajratildi.
— Shundan 15 sotixida issiqxona barpo etdik, —deydi Sharifjon Ahmedov. –Bu yerda Xitoy va Gollandiyadan keltirilgan 80 turdan ziyod gul koʻchatlarini parvarishlamoqdamiz. Qolgan 15 sotix ochiq maydonda esa mahalliy gul koʻchatlari bilan bir qatorda manzarali daraxt koʻchatlarini yetishtiryapmiz. Yaqinda sinov tariqasida uch tup banan koʻchatini oʻtqazdik. Ayni paytda ularning har biri 30 kilogrammdan hosil tugdi. Sinovimiz ijobiy natija bersa 1 gektar yer maydonida bananzor barpo etishni rejalashtirganmiz.
Tumanda Sharifjon kabi yer bilan tillasha oladiganlarni koʻplab uchratish mumkin. Eng muhimi, tumandagi mavjud 45 mingta xonadonning 1513 gektar tomorqasida yil davomida uch martagacha hosil olishga erishilyapti. Bu ularga qoʻshimcha 20-30 million soʻm daromad olish imkonini yaratmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring