Gruziyada bo'lib o'tgan “Katta dubulgʻa” musobaqasida oʻzbekistonlik aka va uka shohsupaga koʻtarildi. Kattasi oltin, kichigi kumush medal oldi

23:19 26 Mart 2021 Sport
1244 0

Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kun bellashuvlari oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, musobaqa startida jamoamiz 2 ta medal qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

Kechki dasturda ikki nafar vakilimiz aka-uka Sardor va Kemran Nurillayevlar oʻz vazn toifalarida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan edi. Dastlab -60 kg vazn toifasida Kemran Nurillayev finalda gruziyalik Temur Nodadzega qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuvda hakamlar hamyurtimizni taʼqiqlangan usuldan foydalandi deya baholab, Nurillayevga texnik magʻlubiyat yozildi.

-66 kg vaznda ham gruzin va oʻzbek polvonlari gʻoliblik uchun tatamiga chiqishdi. Sardor Nurillayev va Vaja Margvelashvili oʻrtasidagi qiziqarli bahsda hamyurtimiz uchi-mata usulini qoyilmaqom ijro etib, 20 soniyada gʻalabani oʻz foydasiga hal qildi.

Shu tariqa jamoamiz birinchi kun dasturini 1 ta oltin va 1 ta kumush medallari bilan yakunladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?