“Google” qidiruv tizimidan foydalanish kamayib bormoqda
Sunʼiy intellektning rivojlanishi hamda marketpleyslarning ommalashuvi, “Google” tomonidan taqdim etilayotgan qidiruv maʼlumotlari sifatining pasayishi ushbu qidiruv tizimidan foydalanishlar sonining kamayishiga olib kelmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar bergan.
Ushbu holatlar “Google” qidiruv trafigini pasayishi va kompaniyaning daromadiga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
2025-yilda “Google”ning AQSH qidiruv reklamalari bozoridagi ulushi 50% dan pastga tushishi taxmin qilinmoqda.
“Hozirgi kunda yosh avlod axborot yigʻish uchun boshqa platformalardan, ayniqsa sunʼiy intellektdan keng foydalanmoqda”, — deyiladi “WSJ” xabarida.
Misol uchun, “OpenAI” korporatsiyasi “ChatGPT”ga internet-qidiruv funksiyasini qoʻshdi. “Meta Platforms” oʻzining qidiruv tizimini yaratishni rejalashtirmoqda.
Eng qizigʻi, internetda qidirish qobiliyatiga ega boʻlmagan chat-botlar ham koʻp masalalarni hal qilishda takomillashib bormoqda.
Yirik kompaniyalardan “Microsoft” va “Apple” esa uni operatsion tizimlariga integratsiya qilishmoqda.
“Skai” reklama platformasi maʼlumotlariga koʻra, “Google”dagi reklamaga murojaatlar soni oʻtgan yilga nisbatan 8% ga kamaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- DXX bir nechta viloyatlarda yirik miqdordagi giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring