Germaniya kansleri Putin va Zelenskiy uchrashuvi boʻlmasa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchayishini bildirdi
Foto: AP Photo/Ebrahim Noroozi
Gʻarb mamlakatlari Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiy uchrashuvi amalga oshmasa, Moskvaga nisbatan sanksiyalarni yanada kuchaytirishi mumkin. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers maʼlum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
Berlinda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida Mersning taʼkidlashicha, hozirgi sharoitda “navbat Moskvada”.
— Agar Rossiya tomonidan bunday qadam tashlanmasa, bosimni kuchaytirishga toʻgʻri keladi. Yevropa Ittifoqi bu yoʻnalishda yangi sanksiyalar ustida ishlayapti. AQSH prezidenti esa oʻz navbatida yangi jarima tariflarini joriy etishni istisno qilmadi, — dedi Mers.
Shuningdek, Germaniya kansleriga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp bunday vaziyatda uch tomonlama muzokara — yaʼni Putin, Zelenskiy va uning oʻzi ishtirokidagi uchrashuvni oʻtkazish taklifini bildirgan.
— Bu eng mantiqiy keyingi qadam boʻlar edi, — deya qoʻshimcha qildi Mers.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring