Germaniya elchisi - Fargʻonada
Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Tilo Klinnerni qabul qildi.
– Germaniya iqtisodi, sanoati, madaniyati yuksak darajada rivojlangan, jahon hamjamiyatida juda katta obroʻ-eʼtiborga ega davlat, - dedi Xayrullo Bozorov. – Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida Yevropa Ittifoqi, xususan, Germaniya bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlarimiz tobora rivojlanib borayotgani barchamizni quvontiradi.
Taʼkidlash oʻrinliki, hamkorlik aloqalari rivojida Fargʻona viloyatining ham oʻrni bor. Bugungi kunda viloyatda germaniyalik tadbirkorlar bilan birgalikda qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani fikrimizning yorqin tasdigʻidir.
Uchrashuvda viloyat rahbari oʻzaro hamkorlik aloqalarini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqib, tadbirkorlik, sanoat, taʼlim va tibbiyot, qishloq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish taklifini ilgari surdi.
Oʻz navbatida janob Tilo Klinner mamlakat hududlariga ilk tashrifini Fargʻona viloyatidan boshlaganidan mamnunligini aytib, Oʻzbekiston-Germaniya oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishga tayyor ekanligini bildirdi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring