Gaz taʼminoti yaxshilanmoqda
Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Havo haroratining keskin pasayishi tufayli isteʼmolchilarning tabiiy gazga boʻlgan talabi keskin oshib, buning natijasida ayrim hududlardagi quvurlarda gaz bosimining kamayishi kuzatilmoqda.
Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu bois “Jizzaxshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan shahardagi 1100 tadan ziyod xonadon mavjud boʻlgan Madaniyat va Kimyogar mahalla fuqarolar yigʻini hududida 230 metr, Sayiljoyi mahallasidagi koʻp qavatli uylarda tabiiy gaz bosimini yaxshilash maqsadida 268 metr yangi gaz tarmogʻi tortildi.
— Bularning barchasi yurtdoshlarimizning turmushini yanada farovonlashtirishga qaratilgan boʻlib, xodimlarimiz joylarda qish mavsumini betalafot oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlari ham olib borishmoqda, — deydi “Jizzaxshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi bosh muhandisi Dilshod Qurbonov.
Jizzax shahridagi Navroʻz, Bunyodkor, Sangzor, Bogʻishamol mahallarida gaz taqsimlash punktlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish, ayrim eskirgan uskunalarni yangisiga almashtirish ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring