Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan haftada Namangan viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Prezident Yangiqoʻrgʻon tumanidagi “Sura General Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bogʻida ham boʻldi. Bu yerda Namangan viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti oʻtkazilgan.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati haqidagi “Maxsus rakurs” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
Prezident hukumat agrobloki oldiga 50 ming gektar oʻzlashtirilmagan yerlarni qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish vazifasini qoʻygan. Bosh vazir oʻrinbosari Shuhrat Gʻaniyev har bir gektardan koʻzlangan maqsadlarni aniq miqdorlar, muddatlar bilan asoslab bergan.
“2020-yilga nisbatan 2021-yilda 401 ming gektar yer qoʻshilishi kerak. Paxta esa 101 ming gektarga kamayib, 933 ming gektar qoldi. Nasib qilsa, kelasi yil yana 100 ming kamayadi, agar gektaridan 5 ming dollar daromad bermasa.Bugungi kunda namanganliklar bu borada Buxoro, Jizzax viloyatlaridan keyingi oʻrinda turibdi”, deya taqdimot qilgan Shuhrat Gʻaniyev.
Shuningdek, Prezident qishloq xoʻjaligi vaziriga kartoshkachilikda hosilni koʻpaytirish boʻyicha topshiriq bergan.
Shu oʻrinda qiziq bir holat ham roʻy bergan. Prezident asalarichilik bilan bogʻliq slaydlardan birini takrorlashni soʻrar ekan bu jarayonda Shuhrat Gʻaniyev elektron taqdimotda biroz qiyinchilikka duch kelgan. Bunda Shuhrat Gʻaniyevga viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov yordamga kelgan.
Bundan tashqari, bosh vazir oʻrinbosarining asal ishlab chiqarishni bir yilda 800 tonnaga koʻpaytirish fikriga javoban, Prezident 2000 tonna koʻpaytirish topshirigʻini bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring