Gʻallaorol davlat arxiv binosi – yangi qiyofada
Foto: Халқ сўзи
Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida yillar davomida taʼmirlanmagan, deyarli vayrona holga kelib qolgan davlat arxiv binosi 3 milliard 530 million soʻmga yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
— Binodagi qiyinchiliklarga qaramasdan, 527 ta fonddan iborat 83 ming 119 ta saqlov birligidagi hujjatlarga gard yuqtirmay saqladik, — deydi Gʻallaorol tuman davlat arxivi rahbari Nurksim Yaxyayev. — Arxivimizda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar 1913-yilga toʻgʻri keladi. Hududimiz ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy tarixini aks ettiruvchi ushbu fondimizni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylamogʻimiz lozim. Shu maʼnoda Prezidentimizning 2020-yil 28-dekabrdagi “2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan arxiv binomizni zamonaviy tipda qurish davlat dasturiga kiritilgani va bu qisqa fursatda oʻzining amaliy ijrosini topgani quvonarlidir.
Xalqaro andozalarga mos, barcha qulayliklarga ega arxiv binosi zamonaviy usulda jihozlangan va kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Endilikda arxiv xodimlari va tashrif buyuruvchilar kompyuter hamda Internetdan foydalanib maʼlumotlarni oʻqishi, nusxa olishi, skaner qilishi va shu yerning oʻzida soʻralgan manzillarga yuborish imkoniyatlari mavjud.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring