Futbol qiroli Pele hayotdan koʻz yumdi
Arxiv surat
Braziliya terma jamoasi tarkibida uch karra jahon chempioni boʻlgan futbol qiroli 82 yoshida Edson Arantes du Nasimentu — Pele vafot etdi.
“Bizda mavjud narsalarning barchasi siz tufayli. Biz sizni cheksiz sevamiz. Oxiratingiz obod boʻlsin”, deb yozdi qizi Kelli Kristina Nascimentu “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
Oldinroq, Britaniyalik tadbirkor, sport menejeri Frenk Xolid ijtimoiy tarmoqlarda «Pele oilasi va doʻstlari bilan xayrlashmoqda. Futbol afsonasi asta-sekin saraton kasalligiga qarshi kurashda yutqazmoqda. Oilasi uning ahvoli tobora yomonlashayotganini aytmoqda», deya yozgan edi.
Avvalroq, Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Pelening qizi Keli Nasimento ijtimoiy tarmoqda otasi bilan kasalxonada tushgan suratini joylashtirgandi.
Pele sogʻligʻi yomonlashgani sababli 29-noyabr kuni kasalxonaga yotqizilgan edi. Keyinchalik uning yoʻgʻon ichak saratonini davolash doirasida oʻtkazilgan kimyoviy terapiya samara bermay qolgani haqida maʼlumot paydo boʻldi. Ammo 12-dekabr kuni afsonaviy futbolchining ahvoli yaxshilangani maʼlum qilindi. 22-dekabr kuni Pelening sogʻligʻi buyrak va yurak faoliyatining buzilishi tufayli yomonlashgani xabar qilindi.
Edson Arantes du Nasimentu uch marta jahon chempioni boʻlgan (1958, 1962, 1970) tarixdagi yagona futbolchi hisoblanadi. U Braziliya terma jamoasi tarkibida 92 ta oʻyinda 77 ta gol kiritgan.
18 yil davomida Pele Braziliyaning “Santos” klubi sharafini himoya qildi. Shundan soʻng u yana uch yil Amerikaning “Nyu-York Kosmos” jamoasida oʻynagan va 1977-yilda faoliyatini yakunlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring