Futbol boʻyicha Serbiya chempionatida qaygʻuli voqea yuz berdi
Serbiyaning “Radnichki” jamoasi bosh murabbiyi Mladen Jijovich oʻyin vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar berdi.
Kecha, 3-noyabr kuni Serbiya Superligasining 14-turi doirasida “Mladost” klubi oʻz maydonida “Radnichki” klubini qabul qildi.
Oʻyinning 22-daqiqasi oʻtib borayotgan bir vaqtda mehmonlar ustozi Mladen Jijovich hushidan ketib, maydonga yiqilib tushdi. Tez yordam mashinasi uni shifoxonaga olib ketdi.
Oʻyinning 41-daqiqasi oʻtib borayotgan bir vaqtda murabbiyning vafot etgani haqidagi xabar stadionga yetib keldi. Futbolchilar bu voqeadan aynan oʻyin boʻlayotgan paytda xabar topdi. Bosh hakam esa bahsni davom ettirmaslikka qaror qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring