Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Markaziy Osiyo chempionatida gʻolib boʻldi

20:52 18 Iyun 2021 Sport
1230 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U20 ayollar terma jamoasi Markaziy Osiyo chempionatida gʻolib boʻldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Dushanbe shahrida musobaqa 11-17-iyun kunlari oʻtkazildi. Unda Tojikiston, Eron, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Afgʻoniston jamoalari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi Eron jamoasi bilan bir xil miqdordagi ochkoni qoʻlga kiritdi - 10. Ammo urilgan va oʻtkazib yuborilgan gollar hisobiga turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi.

Chempionatning eng yaxshi toʻpurari - oʻzbekistonlik Jasmina Abdugʻaniyeva, u musobaqada 7 ta toʻp kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?