Futbol: Afrika chempioni Oʻzbekistonni bahsga chorladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Afrika qitʼasidan futbol boʻyicha Jahon chempionatiga birinchilardan boʻlib yoʻl olgan Marokash terma jamoasi Oʻzbekiston milliy jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazmoqchi. Bu haqda “Morocco World News” nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, ayni vaqtda muzokaralar yakuniy bosqichda. Oʻyin oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bellashuv orqali Tanjer shahrida joylashgan “Grand Stade de Tanger” stadionining ochilish marosimi ham oʻtkazilishi aytilmoqda.
Avvalroq, Marokash terma jamoasi ushbu ochilish oʻyini boʻyicha Eritreya terma jamoasi bilan kelishuvga erishgan edi. Ammo maʼlum sabablarga koʻra oʻrtoqlik uchrashuvi bekor qilindi.
Maʼlumot uchun, bungacha Oʻzbekiston va soʻnggi Jahon chempionatida 4-oʻrinni qoʻlga kiritgan Marokash terma jamoalari bir marta oʻzaro toʻqnash kelgan va oʻsha bahsda Afrika vakili gʻalaba qozongan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring