Fuqarolarning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishi uchun barcha sharoitlar yaratildi

08:50 27 Oktyabr 2021 Siyosat
890 0

2021-yil 26-oktabr kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sh.Choʻlliyev Ispaniya Kongressining sobiq deputati Xose Mariya Chikiyo bilan uchrashdi.

Xose Mariya Chikiyo mamlakatimizda Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtganini qayd etdi. Ovoz berish kuni u Samarqandda boʻlgani, bu yerda saylovchilarning koʻpligi, ularning aksariyatini yoshlar tashkil etganidan hayratda qolganini bildirdi.

Shuningdek, u Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq qandaydir jiddiy xatolarni kuzatmaganini qayd etdi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan kiritilgan saylovchilarning yagona elektron roʻyxati tufayli har bir fuqaro saylov uchastkasiga oʻzi kelib shaxsan ovoz berdi. Saylovchilar uchun oʻz xohish-irodasini erkin bildirishi uchun barcha shart-sharoit yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?