Fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi hududidagi saylov uchastkalarida ham bugundan muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Saylov kodeksiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 5 oktyabrda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, bu yilgi Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish 2021 yil 14-20 oktyabr kunlariga belgilandi. Saylovchilar shu kunlar davomida soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar o‘zlari ro‘yxatga olingan saylov uchastkasiga borib, muddatidan oldin ovoz berishlari mumkin.
Paxtachi tumanidagi 817-saylov uchastkasida Ukrach va Farovon Yo‘ldoshobod mahallalarida yashovchi 2350 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan. Uchastka saylov komissiyasi raisi Sadriddin Boboyevning aytishicha, saylovchilar ro‘yxatiga uyma-uy yurib aniqlik kiritish jarayonida 34 nafar saylovchi 24 oktyabr kuni tegishli sabablarga ko‘ra uyida bo‘lmasligi va shuning uchun muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalanmoqchi ekanligini bildirgan. Bugun ulardan to‘rt nafari uchastkaga kelib, muddatidan oldin ovoz berdi.
- Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ishlayman, - deydi N.Xolbekov. - Ertaga ishga ketishim kerak. Shuning uchun bugun saylov uchastkasiga keldim va o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.
Samarqand shahridagi 133-saylov uchastkasida Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchi va talabalari ham saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Ular orasida muddatidan oldin ovoz berishda qatnashayotganlar bor.
- 24 oktyabr kuni Buxoroga, uyga ketishim kerak, - deydi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi A.Ibragimov. - Shuning uchun bugun o‘zim ro‘yxatga olingan 133-saylov uchastkasiga kelib, muddatidan oldin ovoz berdim.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring