Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazildi
Ayni kunlarda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov vodiy viloyatlarida boʻlib, joylarda aholi turmush farovonligini oshirish, aholi bandligini taʼminlash, murojaatlar bilan ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Jumladan, 22 — 23-aprel kunlari E.Tulyakov Fargʻona viloyatida boʻlib, viloyatning Yozyovon tumani hamda Quvasoy shahridagi ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, joylarda tadbirkorlikni kengaytirish orqali ish oʻrinlari yaratish, bunda hududning infratuzilmasini yaxshilash borasida sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qartib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazdi.
Taʼkidlash joizki, 2019-yilning 2-aprel kuni Davlatimiz rahbarining «Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, murojaatlar bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” prinsipi asosida hamkorlik tizimi joriy qilindi. Mazkur tizimning asosiy yoʻnalishi muammolarni aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hisoblanadi. Farmonga koʻra, fuqarolar yigʻinlari raislari tomonidan har chorakda dolzarb muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib borilmoqda.
— Muammoning katta-kichigi boʻlmaydi, zero odamlarning kichik muammosi hal boʻlsa, katta yutuqlarga olib keladi, — deydi E.Tulyakov. — Aksincha boʻlsa, ular yigʻilib, sezilarli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Hal boʻlgan har bir murojaat ortida esa, yuzlab insonlar hayotidagi oʻzgarish, yangilanish mujassam. Odamlarni rozi qilish bugungi islohotlarning asosiy mezoni sanaladi. Shu sababli bugun zamon bilan hamqadam yurib, mavjud muammolarga yechim topishga, odamlarning dardu quvonchiga sherik boʻlishga sidqidildan harakat qilyapmiz. Ijtimoiy ehtiyojmand qatlamga, doimiy daromaddan mahrum boʻlgan insonlarga koʻmak beryapmiz. Mahalliy rahbarlar, deputatlar ham koʻp vaqtini odamlar orasida oʻtkazsa, mavjud muammolarga oʻz vaqtida yechim topsa, fuqarolarimiz adolat va haqiqatning qudratiga, hayotga va kelajakka ishonadi.
Aholi muammolarini hal etish, turmush sharoiti va hayot sifatini yaxshilash bugun davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, mahalla faollari tomonidan koʻtarilgan masalalar joyida tuman mutasaddilari bilan birgalikda oʻrganilib, belgilangan tartibda qanoatlantirilmoqda.
Alohida qayd etish joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqurroq oʻrin olayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring