Fransiyalik deputat Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident sayloviga koʻrilgan tayyorgarlikka yuqori baho berdi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Fransiya Milliy Majlisi deputati
Muloqotda Fransiyalik deputat Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident sayloviga koʻrilayotgan tayyorgarlikka yuqori baho berdi. Milliy saylov qonunchiligini takomillashtirish va xalqaro standartlarni tatbiq etish borasida izchil islohotlar olib borilganiga eʼtibor qaratdi.
Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni faollashtirishda parlamentlararo hamkorlik muhim oʻrin tutadi.
Xususan, bugungi kunda Oʻzbekiston — Fransiya oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzaro aloqalar 2018-yil oktyabr oyida Fransiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat tashrifidan soʻng yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi.
Tomonlar, shuningdek, ikki davlat manfaatlariga toʻliq javob beradigan iqtisodiy munosabatlar muntazam kengayib borayotganini qayd etdilar.
Uchrashuv davomida boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring